Vitaliy Denisov ramziy terma jamoada

Narzulla Saydullayev
6 avg 2013
football.kulichki.net sayti talqiniga ko'ra Rossiya premer ligasi 4-tur ramziy terma jamoasi tuzib chiqildi.
Ushbu ramziy terma jamoadan O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov ham o'rin oldi. Denisov "Lokomotiv" safida "Krasnodar"ga qarshi o'yinda gol urdi va o'yinda faol harakat qildi.

4-turning ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Igor Akinfeev (SSKA)
Himoyachi: Oleg Kuzmin ("Rubin")
Himoyachi: Denis Tumasyan ("Ural")
Himoyachi: Vitaliy Dyakov ("Rostov")

Himoyachi: Vitaliy Denisov ("Lokomotiv")
"Krasnodar"ga qarshi o'yinning haqiqiy qahramoni Denisov bo'ldi. Himoyachi ajoyib o'yinni faqat himoyada emasa, hujumda ham namoyish etdi. Aynan u uchrashuvdagi hisobni ochdi va uchinchi golda ham ishtirok etdi. Bularga qarshi hujumlarga qo'shilish va tezkor tarzda hujumlarni qo'llab-quvvatlashni ham qo'shamiz. Umuman olganda yaxshi tomonlama hayratlantira oldi.

Yarim himoyachi: Aleksandr Samedov ("Lokomotiv")
Yarim himoyachi: Sharl Kabore ("Kuban")
Yarim himoyachi: Gelor Kanga ("Rostov")
Yarim himoyachi: Danni ("Zenit")
Hujumchi: Ibraima Balde ("Kuban")
Hujumchi: Yura Movsisyan ("Spartak")

 

Turning eng yaxshi futbolchisiga quyidagi link orqali ovoz berish mumkin. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net