"Visente Kalderon"ni buzib tashlashadi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2018
"Atletiko"ning sobiq uy stadioni "Visente Kalderon" 2018 yil oxirigacha buzib tashlanadi.

Arena o'rnida ko'p qavatli binolar va park barpo etiladi. Stadion hududida konstrukciyani demontaj qilish ishlari o'tkazilmoqda.  Arenani yo'q qilish, o'sha erni tekislab tashlash uchun 42,2 mln evro sarflanadi.

"Visente Kalderon" 51 yil davomida (1966-2017) "Atletiko"ning uy stadioni bo'lgan. Madridliklar o'tgan mavsumdan boshlab "Vanda Metropolitano"da to'p tepishmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana