

"Bu muhim o'yin. Unda biz o'zimiz qanday o'ynashimiz kerakligini o'ylashimiz, muxlislar talab qilgandek bo'lishimiz kerak. Ishonch bilan, agressivlik ko'rsata olishimiz lozim. Bu o'yinni sabrsizlik bilan kutyapman. Maydonga tushib, o'zimizni ko'rsatishni istaymiz.
Qadam tashlashda bu o'yin muhim sanaladi. Tabiiyki, biz yaxshi holatda emasmiz, MYU esa ideal darajada. Shunday bo'lsa ham eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. Bu o'yinda qatnashadigan har bir inson natija uchun javobgarlikni o'z bo'yniga olishga majbur", - dedi van Deyk.
"Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 21:30da start oladi.



