Vinisiusni “maymun”ga o'xshatgan Pedro Bravo uzr so'radi

Eldor Akmurzayev
19 sen 2022
Ispan sport agentlari assotsiatsiyasi prezidenti Pedro Bravo “Real” vingeri Vinisius Juniordan kechirim so'radi.

Gap shundaki, Bravo teleko'rsatuvlarning birida madridliklar a'zosining golni brazilcha raqs bilan nishonlash usulini qoralagandi.

“Ispaniyada “maymunga o'xshama” atamasi “o'zingni telbalardek tutma” manosini anglatadi. Agar bu sizga maqul kelmagan bo'lsa, buning uchun uzr so'rayman”, degan Bravo.

22 yoshli Vinisius joriy mavsum La Ligada 6 bahsda qatnashib, 4+1 natija ko'rsatmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Chiringuito TV