Vinisius "Real" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

Alisher
16 fev 2025
"Real" braziliyalik vinger Vinisius bilan mehnat kelishuvini uzaytirishga yaqin.

Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, braziliyalikning yangi bitimi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Tomonlar barcha shartlar bo'yicha deyarli to'liq kelishuvga erishishdi.

Vinisius joriy mavsum "Real" safida 31ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 12ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 200 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira