

Marosim Madriddagi Xose Abaskal ko'chasida joylashgan restoranda bo'lib o'tdi. Ushbu joy aynan braziliyalik futbolchiga qarashli.
Bu "Real"da oxirgi vaqtlardagi birinchi jamoaviy kechki ovqat emas. Chempionlar ligasi doirasida 20 yanvar kuni uyda bo'lib o'tgan "Monako"ga qarshi o'yin (6:1)dan oldin ham shunday bo'lgan edi.
Ma'lumot uchun, "Real" navbatdagi uchrashuvini 15 fevral kuni LaLiga 24-turi doirasida uyda "Real Sosedad"ga qarshi o'tkazadi.



