Vinisius kechagi voqelardan so'ng bayonet bilan chiqdi

Khoja
18 fev 2026, 07:34
"Real" hujumchisi Vinisius Junior ijtimoiy tarmoqda Chempionlar Ligasining birinchi pley-off o'yinida "Benfika"ga qarshi (1:0) bo'lib o'tgan irqiy janjalga bag'ishlangan post joylashtirdi.

O'yin davomida braziliyalik va "Benfika"ning qanot himoyachisi Janluka Prestianni o'rtasida mojaro yuz berdi. "Real" o'yinchilari, xususan Kilian Mbappe, argentinalik futbolchi Vinisiusni 5 marta "maymun" deb ataganini aytishdi.

Irqchilar, avvalo, qo'rqoqlar. Ular o'zlarini qanchalik zaif ekanliklarini ko'rsatmasliklari uchun og'zini futbolka bilan yopishlari kerak. Lekin ularni boshqalar himoya qiladi, aslida ularning o'zlari bundaylarni jazolashlari kerak.

Bugun mening hayotimda yoki jamoam hayotida hech qanday yangi narsa sodir bo'lmadi. Men golni nishonlaganim uchun sariq kartochka oldim. Hali ham nega ekanini tushunmayman.

Menga bunday vaziyatlarda paydo bo'lish yoqmaydi, ayniqsa katta g'alabadan keyin va sarlavhalar "Real Madrid"ga bag'ishlanishi kerak bo'lganda, lekin bu zarur", - deb yozdi Vinisius ijtimoiy tarmoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano