Vinisius Junior: "Men doimo Ronalduning videolarini tomosha qilaman, u menga qanday gol urish kerakligini maslahat beradi"

Оқил Абдубарноев
21 avg 2022, 14:09
Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining 2-turida “Selta” ustidan qozonilgan g'alaba (4:1) haqida fikr bildirdi.

"Real Madrid" futbolchilarining o'yin uslubi, ishtiyoqi, to'p nazorat qilishi va o'zini xotirjam his qilishidan g'oyatda mamnunman. Kechagi bahs qiyin ruhda o'tdi, endilikda o'zimizga bo'lgan ishonch bilan keyingi bahsga tayyorlanamiz. Modrich va Benzemaning xatti-harakatlari bizga xotirjamlik baxsh etdi va biz ancha yaxshi o'yin ko'rsata oldik. Men doimo Ronalduning videolarini tomosha qilaman, u men bilan suhbatlashib turadi va darvozabon bilan yuzma-yuz bo'lganda qanday harakat qilsa, osonroq gol urish mumkinligini aytadi. Kecha shunday vaziyatda ko'nglim xotirjam edi va Modrichning mahoratli uzatmasi tufayli gol urishga muvaffaq bo'ldim", – dedi Vinisius.

Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" chempionatning dastlabki ikki o'yinini g'alaba bilan boshladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: realmadrid.com