Vinisius Junior jarohatidan qutildi

Aslanov Jasurbek
23 apr 2019, 18:45
"Real" hujumchisi Vinisius Junior jarohatidan qutildi va "Xetafe"ga qarshi bo'ladigan LaLiganing 34-tur uchrashuvida ishtirok etishga tayyor.

Maydonga tushishga tayyor bo'lgan forvard jarohat olganida bu mavsum boshqa o'ynamasligi haqida aytilgan edi.

Vinisius "Ayaks"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinida jarohat olgandi.

18 yoshli futbolchi "Flamengo"dan "Real"ga o'tganidan so'ng, "Qirolli klubi" safida 28ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario