Vinisius Junior futbol imperiyasini kengaytirdi: "Real" vingeri Braziliyaning "Atletik" klubini sotib oldi

Sherzod Nurmatov
15 may 2025, 17:22
Madridning "Real" klubi yulduzi va Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior mamlakat ikkinchi divizioni B Seriyasida qatnashadigan Braziliyaning "Atletik" futbol klubining yangi xo'jayini bo'ldi.

Bu haqda "Foot Mercato" xabar berdi.

Klub San-Juan-del-Rey shahrida (Minas-Jerays shtati) joylashgan. Kelishuvning moliyaviy tafsilotlari hozircha oshkor etilmayapti.

1909 yilda tashkil etilgan "Atletik" kamtarona yutuqlarga ega – ularning yagona unvoni - 2023 yilgi Minas Jerays Superkubogi. 2025 yilda jamoa o'z tarixida birinchi marta Braziliyaning ikkinchi oliy ligasi bo'lgan B Seriyada o'ynamoqda.

Eslatib o'tamiz, Vinisius Junior Portugaliya ikkinchi divizioni klubi "Alverka"ning ma'lum ulushlariga ega.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Foot Mercato