Vinisius JCH-2026 da "gol+pas" tizimi bo'yicha 3 (2+1) ochko jamg'ardi

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2026, 12:12
Vinisius JCH-2026 da "gol+pas" tizimi bo'yicha peshqadamlar qatoriga kirdi.

Braziliya terma jamoasi vingeri Vinisius Junior JCH-2026 doirasida Gaitiga qarshi kechgan o'yinda (3:0) gol urdi va Mateus Kunyaga golli uzatma berdi. Birinchi turda "Real" futbolchisi Marokkoga qarshi o'yinda (1:1) gol urgan edi. Endilikda Vinisiusning ushbu jahon chempionatidagi "gol+pas" tizimi bo'yicha ochkolari soni 3 (2+1) tani tashkil etadi.

Braziliyalik futbolchi ushbu ko'rsatkich bo'yicha peshqadamlardan biriga aylandi. Undan tashqari, Argentinadan Lionel Messi (Jazoirga qarshi o'yinda 3 ta gol), Kanadadan Jonatan Devid (ikki o'yinda 3 ta gol), Germaniyadan Deniz Undav (1+2) va Shvetsiyadan Aleksander Isak (1+2) ham shuncha ochko to'plashgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru