Vinisius bir o'zi "Chelsi" hujumidan faolroq va foydaliroq edi

Omonjon To`xtamirzayev
13 apr 2023, 15:18
"Real" vingeri Vinisius Junior YCHL chorak finali doirasidagi bahsda hujumdagi harakatlar soni bo'yicha "Chelsi" futbolchilarining umumiy natijasidan yaxshiroq natija qayd etdi.

Braziliyalik bir o'zi 4 ta golli vaziyat yaratdi, "ko'klar"ning umumiy natijasi 3 ta. Shuningdek, Vinisius raqib jarima maydonchasida to'p bilan 19 marta muomalada bo'ldi, "Chelsi" futbolchilari esa - bor yo'g'i 10 marta.

Eslatib o'tamiz, "Real" o'z uyida "Chelsi"ni mag'lubiyatga (2:0) uchratdi. Javob bahsi esa keyingi hafta Londonda bo'lib o'tadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca