Vinisius: "Benzemaga "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishda yordam bermoqchiman"

Aslanov Jasurbek
1 dek 2021, 20:53
"Real Madrid" vingeri Vinisius Junior jamoadoshi Karim Benzema haqida fikr bildirdi.

- Maydonda va u yerdan tashqarida eng yaqin do'stlaringiz kim?

- Maydonda - Benzema, chunki biz yonma-yon o'ynaymiz va doimo gol kiritish imkoniyatini qidiramiz. Maydondan tashqarida esa - Militao va Rodrigo.

- Benzemani qanday tariflagan bo'lardingiz?

- U oddiy bo'lishga intiladi. U ajoyib futbolchi, men u bilan birga to'p surishni yaxshi ko'raman.

Men unga imkon qadar uzoq vaqt davomida o'z saviyasida qolishiga yordam bermoqchiman va bir kun kelib "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi uchun qo'limdan kelganini qilmoqchiman, - dedi braziliyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As