Vinisius "Barselona"ga o'tishi kerak edi, ammo...

Aslanov Jasurbek
1 noya 2018, 18:14
Yarim himoyachi Vinisius Juniorning "Flamengo"dan "Real"ga transferi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalikka "Barselona" ham da'vogarlik qilgan. Futbolchi U17 jahon chempionatida ishtirok etganida kataloniyaliklar unga qiziqib qolgan edi.

"Barselona" Vinisiusning agenti bilan muzokalar o'tkazib, transfer borasida kelishib qo'ygandi.

Ammo "Flamengo" futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi va Vinisiusning narxi 45 mln evro etib belgilandi. Tovon pulidan tashqari dallollar uchun 8 mln, Vinisiusning oilasi uchun 8 mln evro ajratilishi kerak edi.

"Barselona" bilan kelishuvga qaramasdan, "Real" 61 mln evro evaziga Juniorni sotib oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena COPE