Vinfrid Shefer: "Kalxanoglu yangi Ozil"

Nadirkhuja Yuldashev
31 dek 2014
Bu mavsumda bundesligada bir necha yosh o'yinchilar o'zlarini ko'rsatishmoqda. Ular orasida Xakan Kalxanoglu ham bor.
Ushbu yosh istedod soxibi qisqa muddat ichida futbol jamoatchiligini o'ziga qarata oldi.
Yamayka terma jamoasi bosh murabbiyi Vinfrid Shefer Kalxanoglu haqida fikr bildirarkan, uning kelajagi porloq ekanini ta'kidlab o'tdi.
- Xakan ajoyib o'yinchi. Undagi o'ziga bo'lgan ishonch va serg'ayratlilik menga juda yoqadi. Ayniqsa, Xakan Kalxanoglu ijrosida jarima to'plari meni o'ziga maftun etgan. O'n to'qqiz yoshli yigitchaning standartlarni bunday ajoib tarzda amalga oshirishi noodatiy hodisadir.

Ishonch bilan aytishim mumkinki, Kalxanoglu yangi Ozildir. Unga Mesut Ozil yo'lini bosib o'tishi uchun yaxshi bir murabbiy kerak. Yani Xakan o'sishdan to'xtab qolmasligi lozim. Agar "Gamburg" ustozi van Marveyk bu yigitning istedodini yanada rivojlantira olmaydigan bo'lsa, yaxshisi u biror kuchliroq klub tarkibiga o'tib ketgani maqul, - dedi Shefer.  

Eslatib o'tishimiz joiz-ki, Xakan Kalxanoglu "Gamburg" tarkibiga yozda kelib qo'shilgan edi. Ko'rsatayotgan o'yini orqali u oz vaqt ichida bir necha top klublarni o'ziga qarata oldi. Hozirda Kalxanogluga Yevropaning bir qator yetakchi jamoalari qiziqish bildirishmoqda.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: sport1.de