Vinchenco Yakvinta: "Ayni vaqtda Teves "Yuventus" uchun juda muhim futbolchi hisoblanadi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013, 19:49
"Yuventus" sobiq hujumchisi Vinchenco Yakvinta fikricha, yozda klubga kelib qo'shilgan Karlos Tevez bugunga kelib jamoada muhim rol o'ynaydi.
U argentinalik futbolchi turinliklarning bugun bo'lib o'tadigan Chempionlar Ligasi guruh bosqichi ikkinchi tur o'yinlari doirasidagi "Galatasaroy"ga qarshi o'yinda jamoaning g'alabachiga hissa qo'shadi.

"Teves "Yuventus" o'yiin uslubiga ajoyib tarzda moslashib ketdi. Umid qilamanki, u "Galatasaroy"ga qarshi o'yinda buni isbotlaydi. Ayni vaqtda Teves jamoada juda muhim futbolchilardan biri hisoblanadi", deya Yakvinta so'zlaridan TMW iqtibos keltirmoqda.
Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net