Viloyat Kubogi sohiblari Buxoroda bellashadi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2016, 16:20
Har yil ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan viloyat Kubogi sohiblari o'rtasidagi musobaqaning final bosqichiga bu yil Buxoro mezbonlik qiladi.

Turnir 5-12 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Unda barcha viloyat, shahar va Qoraqalpog'iston Respublikasi Kubogi sohibiga aylangan jamoalar ishtirok etishi mumkin. G'olib jamoa birinchi ligaga yo'llanma beruvchi “pulka” bahslarida qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladi. Hozircha turnirda nechta ishtirokchi qatnashishi ma'lum emas. Anig'i shuki, PFL mazkur musobaqa uchun klublarning badal pulini 2 100 000 so'm qilib belgilagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia