Viloyat hokimi "Andijon" futbolchilari bilan uchrashdi

Sherzod Nurmatov
12 noya 2022, 13:28
Bugun Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov "Andijon" futbol klubi a'zolari bilan uchrashdi.

"Uchrashuvda klub duch kelgan muammolar tahlil qilindi.

Klubning o'yinchilar maoshidan 2,5 mlrd so'mdan ortiq qarzdorligi aniqlandi va viloyat hokimi ushbu qarzdorlik masalasini hal etdi.


Kelgusi haftada "Andijon" futbol klubining yangi tasischilari nomi e'lon qilinadi.

Klub faoliyati viloyat hokimligi nazoratiga olindi.

Ma'lum qilinishicha, Andijon viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi sobiq boshlig'i Juratbek Quvvatov rahbarligidagi MAKRO FARM ANDIJON MCHJ klub tasischiligidan chiqqan", – deyiladi manba xabarida.

Kun mavzusi: Andijon viloyatiga Superligada jamoa kerak emasmi?

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/Vodiy1uzofficial