Villian: Orzuim amalga oshdi, men er yuzidagi eng kuchli klubga o'tyapman

25 avg 2013, 19:38
"Chelsi"ning yangi a'zosi Villian London klubiga o'tganidan so'ng, o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mening orzuim amalga oshdi. Er yuzidagi eng kuchli klubga o'tganimdan xursandman! Xudoga shukr! Olg'a, "Chelsi", – deb yozadi futbolchi o'zining instagramdagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" bugun Villian transferi haqida rasman e'lon qildi.

Londonliklar futbolchi uchun 30 million evro to'lashdi.


Manba: sports.ru