

"Sky Sports" nashri xabariga ko'ra, "Chelsi" vingeri Villian klub bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi. 31 yoshli braziliyalik futbolchi London klubi rahbariyatidan yangi taklif kutmoqda.
Ma'lumot uchun, APLning joriy mavsumida 28ta o'yinda maydonga tushgan yarim himoyachi 5 gol, 6ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.
Avvalroq Villianni ispan grandlari ("Real", "Barselona") yozda (erkin agent sifatida) o'z safiga qo'shib olmoqchiligi to'g'risidagi xabarlar tarqalgandi.



