Villian: "Falkao "Chelsi"ga katta foyda keltiradi"
Aslanov Jasurbek
19 iyun 2015, 11:42
"Chelsi" yarim himoyachisi Villianning fikricha, "Monako" hujumchisi Radamel Falkao jamoaga foyda keltiradi.
"Falkao - yaxshi futbolchi. U gollarni qanday urishni biladi. Radamel "Chelsi"ga katta foyda keltiradi deb o'ylayman. U jamoamizda baxtli bo'ladi deb umid qilaman" - deydi Villian.