Villian "Chelsi"ga qaytmoqchi

Mirjalol Normatov
25 may 2021, 18:59
"Arsenal" yarim himoyachisi Villian yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi "Chelsi"ga qaytishni istamoqda. U "Arsenal"ga o'tganidan mamnun emas. Undan tashqari, Villianga Yevropa va Osiyoning top-klublaridan tashqari, "Inter Mayami" ham qiziqish bildirmoqda.

Villianning "kanonirlar" bilan kelishuvi 2023 yil yoziga qadar davom etadi. U ushbu mavsumda "Arsenal" tarkibida 37 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports