Villian "Arsenal" bilan 3 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. U haftasiga 100 ming funt maosh oladi

Alisher
6 avg 2020, 16:10
Yozda erkin agentga aylanadigan "Chelsi" yarim himoyachisi Villian "Arsenal"ga o'tishga yaqin.

Braziliyalik futbolchi "to'pchilar" bilan 3 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. U haftasiga 100 ming funt maosh oladi. Transfer avgust oyi oxirida e'lon qilinishi kutilmoqda.

Villian joriy mavsum "Chelsi" tarkibida APL doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 9ta assist qayd etdi.

Futbolchi 2013 yilning avgustidan beri "Chelsi"da to'p tepadi. U "aristokratlar" safida APLni ikki bor yutdi va bir bor mamlakat Kubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN