Viktorina o'z yakuniga etdi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2016
Ertaga Fransiya va Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi EVRO-2016 final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Yevropa chempionatiga oid bo'lgan 10ta savol mazkur sahifada har 5 daqiqada berib borildi.

Qoidalar bilan tanishtirib o'tamiz:

  •   Chat qilmaslik.
  •   Flud (bitta gapni qayta-qayta) qoldirmaslik.
  •   "CA" tomonidan javob berilganidan so'ng qoldirilgan javoblar inobatga olinmaydi.
  •   O'quvchining faqat birinchi javobi qabul qilinadi.
  •   Javob bergan o'quvchi tomonidan qoldiriladigan keyingi har qanday fikr o'chiriladi.



Har bir savolga 5 daqiqa vaqt beriladi! Savolga birinchi to'g'ri javob bergan ishtirokchiga 2, qolgan to'g'ri javob berganlarga 1 ochkodan beriladi.


SAVOL #1: 15:00 - 15:05 (vaqt) - EVRO-2016ning rasmiy madhiyasini qaysi qo'shiqchilar kuylashdi?
Javob:
David Getta va Zara Larsson

SAVOL #2: 15:05 - 15:10 (vaqt) -
EVRO-2016da qaysi terma jamoaning shiori quyidagicha edi: "Orzu qil. Ishon. Erish"
Javob:
Irlandiya

SAVOL #3: 15:10 - 15:15 (vaqt) -
EVRO-2016da bitta uchrashuvda umuman sariq kartochka ko'rsatilmagan. O'sha qaysi o'yin edi?
Javob:
Shimoliy Irlandiya - Germaniya

SAVOL #4: 15:15 - 15:20 (vaqt) -
EVRO-2016da eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa qaysi?
Javob:
Italiya 18ta

SAVOL #5: 15:20 - 15:25 (vaqt)
- EVRO-2016dagi qaysi stadionga o'sha shahar aholisi bemalol sig'adi?
Javob:
Lans shahridagi "Feliks Bollar-Delelis" stadioniga. Sig'imi: 35000. Shahar aholisi soni 32000dan ko'proq

SAVOL #6: 15:25 - 15:30 (vaqt) -
EVRO-2016da eng kam tomoshabin kelgan o'yin?
Javob:
Rossiya - Uels (28840 tomoshabin)

SAVOL #7: 15:30 - 15:35 (vaqt)
- EVRO-2016da ishlagan qaysi yevropalik hakam Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni chempionatlarida ham faoliyat olib borgan?
Javob:
Feliks Brix  

SAVOL #8: 15:35 - 15:40 (vaqt)
-  EVRO-2016da eng ko'p gol o'tkazgan jamoa qaysi va u nechta gol o'tkazganini aniq ayting.
Javob:
Islandiya 9ta o'tkazdi

SAVOL #9: 15:40 - 15:45 (vaqt)
- Barcha Yevropa chempionatlarida eng ko'p o'yinni boshqargan hakam kim?
Javob:
Andres Frisk 14ta o'yin

SAVOL #10: 15:45 - 15:50 (vaqt)
- EVRO-2016da zaxiradan maydonga tushib eng tez gol urgan futbolchi kim?
Javob:
Ondrey Duda (Slovakiya) Uelsga qarshi o'yinda 60-daqiqada maydonga tushib 61-daqiqada gol urgan.

Barcha ishtirokchilarga rahmat aytamiz. Uch nafar g'olib yaqin vaqtda saytda e'lon qilinadi. Agar ballar teng kelib qolsa kim oldinroq javob yozgan bo'lsa o'sha ishtirokchi g'olib deb topiladi.





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia