

"Chiroyli va qiziqarli o'yin bo'ldi. Muxlislarga bu uchrashuv yoqdi deb o'ylayman. Har ikkala jamoalarda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Hozir kim yaxshi o'ynaganiyu, kim ishonchni oqlamagani haqida aytish qiyin. Bugun yomon o'ynamadik. Yaxshi tomonlarimiz ham bor. Lekin hali ko'plab kamchiliklar topiladi. Bu borada ish olib boramiz. Kuchli jamoalar bilan o'yinda bu kamchiliklar yaqqol sezilib qoladi. O'yinni tahlil qilib, kamchiliklar xususida gaplashamiz va ularni to'g'rilashga harakat qilamiz. Hozir tarkibdan kimnidir ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Bunga hali erta", - deya fikrlarini yakunladi Viktor Romanovich.



