Viktor Kumikov: "Olmaliq"dan taklif tushgani rost"

Narzulla Saydullayev
29 noya 2016
Rossiyalik murabbiy Viktor Kumikov "Olmaliq"da ish boshlashi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

"Do'stlarimning taklifiga ko'ra O'zbekistonga tashrif buyurdim. Ammo ish haqida gapirishga erta. "Olmaliq" klubidan qiziqish bo'lgani rost. Klub rahbariyati bilan mazkur masalada gaplashganimni istisno qila olmayman. Biroq hozircha ish shartnoma imzolashga qadar yetib borgani yo'q. Hammasi dekabr oyida hal bo'ladi. "Buxoro"dan bo'lgan qiziqish haqida hech narsa deya olmayman. Buni endi eshitib turibman. "Bunyodkor"ga kelsak, muzokaralar kutilgan natijani bermadi", - deydi Viktor Kumikov "Futbol Ekspress" gazetasiga. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia