Viktor Kumikov: “Oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik”

Narzulla Saydullayev
22 sen 2017, 22:11
“Qizilqum”- “Olmaliq” (2:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Viktor KUMIKOV uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-Ushbu o'yinga oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik. Ikkita gol ursakda, g'alabani saqlab qola olmadik. O'ylashimcha, bugun yomon o'ynadik. Yana gol urish uchun imkoniyatlar bo'lsada, undan samarali foydalana olmadik.

-Kamol Murzoevni uchinchi o'yindirki maydonda ko'rmayapmiz...


-Unda jarohat bor. Umuman o'yin oldidan tarkibimizda jiddiy yo'qotishlar bor edi. Norbekov, Grigalashvili va ikki nafar darvozabonimiz jarohati bois maydonga tusha olishmayapti. Ularning yo'qligi ham bizga qimmatga tushmoqda.

-Bugun uchinchi, yosh darvozabonni maydonga tushiridingiz. Uning harakatlari sizni qoniqtirdimi?


-U xato qilmadi, shunchaki gol kiritilgan vaziyatda jamoani qutqara olmadi. Eng muhimi xato qilmayapti.

“Qizilqum” matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia