Viktor Kumikov: "Gohida mag'lubiyat ham foydali bo'lishini bugungi o'yin isbotladi"

Sherzod Nurmatov
27 mar 2022, 19:10
Pro liganing 4-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Aral Samali" (4:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugungi o'yinga qadar futbolchilarning ruhiy holati yaxshi emas edi. "Xorazm"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng barchada katta bosim borligi ko'rinib turgandi. Gohida mag'lubiyat ham foydali bo'ladi. Buni bugun ko'rdik. Maydonda o'yinimiz o'xshadi, deb o'ylayman. 

Ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Yaratilgan vaziyatlarga qarasak, kam gol urdik. Jamoamiz yomon futbolchilardan iborat emas. Ular orasida hali avval birga o'ynamagan futbolchilar bor. Shu bois vaqt kerak. Qayerdadir o'xshaydi, qayerdadir o'xshamaydi. 

Raqib bilan bizning farqimiz mahoratli futbolchilarda. "Aral Samali" uyida istalgan jamoaga qarshilik ko'rsata oladi. Tarkibida juda yaxshi futbolchilar bor.  

Shahboz Erkinov tajribali futbolchi. U qanday o'ynashni yaxshi biladi. Avvalgi o'yinlarga qaraganda yaxshiroq harakat qildi", – dedi Kumikov.



O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia