Viktor Kumikov: "Barchaga o'ynash imkoniyatini berdik"

Alisher
25 iyul 2022
“Andijon” – “Qizilqum” (3:2) o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Mazkur nazorat uchrashuvida birinchi navbatda o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun barchaga o'ynash imkoniyatini berdik. Vazifani to'liq bajardik. G'alabaga bo'lgan hissiyotimiz bizga yutuq olib keldi. 

“Qizilqum” haqida gapiradigan bo'lsam, Superliga jamoasi o'z oldiga sovrindor bo'lishni maqsad qilgan. Yaxshi raqib. Ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Faqat biz yuzaga keltirgan imkoniyatlardan foydalandik.

Selekciya ishlaridagi rejalarimiz xususida gapirsam, agar bizning futbolchilarimizdan yuqori saviyadagi ijrochi bo'lsa, taklif qilamiz. Shunchaki, oddiy o'yinchilarni olmaymiz. Hozircha Suhrob Berdiev jamoamiz a'zosiga aylandi”, - dedi Kumikov.


AlisherMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати