Viktor Karpenko: "Sho'rtan" hujumkor o'yin ko'rsatmasa kerak"

Aslanov Jasurbek
10 apr 2016, 13:06
"Bunyodkor" - "Sho'rtan" uchrashuvi oldidan "qaldirg'ochlar" yetakchilaridan biri Viktor Karpenkoning fikrlari bilan qiziqdik.

"Sho'rtan"ga ham, "Bunyodkor"ga ochkolar kerak. Shu tomonlama o'yin qiziqarli kechishi aniq. Biroq "Sho'rtan" hujumkor o'yin ko'rsatadi, deya olmayman. To'g'ri ular hujumlar qilishadi, lekin butun  jamoa bo'lib oldinga o'tib ketishmasa kerak. Qisqa qilib aytganda, pozicion hujumlar asosidagi o'yinni ko'rishsa kerak.

"Sho'rtan"ning hujumlari asosan Igor Taran va uning atrofida tashkil etiladi. "Bunyodkor" o'z omadini hujumdan qidiradi. Yaxshi va chiroyli o'yin ko'rsatishga va g'alaba qozonishga harakat qilamiz" - deydi Viktor Karpenko.

"Bunyodkor" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia