Viktor Gyokeresh APLning boshqa jamoasi sababli MYUning taklifini qabul qilmadi

Khoja
15 iyun 2025, 09:11
“Sporting“ hujumchisi Viktor Gyokeresh “Manchester Yunayted“dan tushgan taklifni rad etdi va “Arsenal“ga o'tishni kutmoqda.

The Guardin xabariga ko'ra, London klubiga o'tish shvetsiyalik hujumchi uchun “orzudagi transfer“ bo'ladi.

27 yoshli forvard ECHLda o'ynamoqchi va shu sababli “Arsenal“ taklifini qabul qilgan. Oldinroq “Sporting“ o'zining eng yaxshi to'purari uchun 80 million evro so'rayotgani xabar qilingandi.

O'tgan mavsumda Viktor Gyokeresh klub safida barcha musobaqalarda 52 ta o'yinda ishtirok etgan. U 54 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shvetsiyalik futbolchining “Sporting” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: The Guardin