Vikario qanchaga safdan chiqqani ma'lum - klub qishda "bozorga chiqadi"
Omonjon To`xtamirzayev
26 noya 2024, 15:41
"Tottenxem" golkiperi Gilelmo Vikario "Man Siti"ga qarshi o'yinda olgan jarohatidan keyin jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi.
Xabarlarga ko'ra, futbolchining safga qaytishi uchun oylar kerak bo'lishi mumkin. Londonliklar mavsum oxirida darvozabon chizig'ini kuchaytirmoqchi edi, endi esa klub qishdayoq bu masalaga kirishadigan bo'ldi.