Vidich: "Yevropa Ligasida g'alaba qozonib, YCHLda ishtirok etmoqchimiz"

Aziz Tukhtamuradov
15 fev 2015
"Inter" futbolchisi Nemanya Vidich "Seltik"ka qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa Ligasi doirasidagi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Seltik Park"da muhit juda ajoyib bo'ladi. Shu sababli, jamoadoshlarimga mahalliy muxlislarning nimalarga qodir ekanliklari haqida aytib qo'ydim. Agar ularning shovqinlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak vaziyat boy berilishi mumkin.

"Seltik"ka qarshi o'yin biz uchun muhim. Chunki, Yevropa Ligasi g'olibi sifatida Chempionlar Ligasida ishtirok etmoqchimiz", - deydi Vidich.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru