VIDEO. Islom To'xtaxo'jaev: "Afg'onistonga qarshi o'yin qiziq bo'lsa kerak"

Narzulla Saydullayev
21 sen 2014, 10:00
Incheondagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi sardori va himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev saytimizga intervyu berdi.
"Dastlabki ikki turdagi jamoalarga qarshi o'yinda hujum qilish juda qiyin bo'ladi. Sababi raqiblar 11 kishi bo'lib himoyalanadi. Menimcha guruhdan chiqsak undan keyingi bosqichda raqiblar himoyaviy futbol namoyish etishmasa kerak", - deb gap boshladi To'xtaxo'jaev.

"Himoyalanyotgan jamoaga qarshi o'yinlarda biz himoyachilarga qiyin bo'ladi. Sababi hammamiz oldinga o'tamiz va ortimizda katta bo'sh zona qolib ketadi. Shu bois qarshi hujumga tayyor turishimiz kerak. Gonkongga qarshi to'rtinchi marta o'ynadik, barchasida bir xil o'ynashdi. Uchta jamoa orasidan Afg'oniston qiziqarliroq. Sababi ular hujumkor va chiroyli o'yin namoyish etishga urinishdi. Bu jamoada ko'plab imkoniyatlar bo'ldi, ammo gol ura olishmadi. Afg'onlarga qarshi o'yin qiziq o'tsa kerak. Sababi ularga ham bizga ham g'alaba kerak", - deydi Islom To'xtaxo'jaev.

Ushbu suhbatning videosini TAS-IX hududida tomosha qiling.

Sifatli turi


Mobil turi


Nodirxo'ja Yuldashev
Incheon

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia