Vidalning oldida ikki variant bor

Mirjalol Normatov
18 avg 2019, 11:57
"Barselona" rahbariyati yarim himoyachi Arturo Vidalni sotib yuborish niyatida.

"Sport.es" xabariga ko'ra, chililik futbolchiga PSJ va "Inter" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda. Kataloniyaliklar uning transferidan 20 million evro ishlab olishmoqchi bo'lib turishibdi.

Qayd etilishicha, Vidal ushbu yozdayoq jamoani tark etishi mumkin. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

O'tgan mavsum chililik futbolchi La Ligada 33 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es