Vidalning agenti "Flamengo" bilan muzokara olib bormoqda

Оқил Абдубарноев
27 apr 2022
"Inter" yarim himoyachisi Arturo Vidalning agenti futbolchini Braziliyaning "Flamengo" klubi bilan muzokara olib bormoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, chililik futbolchi allaqachon o'z agenti Fernando Felichevichga Braziliya klubi bilan muzokara boshlashi kerakligini aytgan.

"Inter" 34 yoshli futbolchi bilan shartnomani bekor qilishi mumkin, shundan so'ng futbolchi Braziliya klubiga o'tadi.

Avvalroq futbolchi faoliyatini "Flamengo"da yakunlamoqchi ekanligini, buning uchun "Inter" rahbariyati tomonidan jarimaga tortilgani haqida aytgandi.

Joriy mavsum Vidal A Seriyada 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport