Vidal "Yuve" bilan yangi shartnoma tuzadi

Tolibjon Qosimov
19 avg 2013, 18:58
"Yuventus" yarim himoyachisi Arturo Vidal klub bilan yangi shartnoma tuzadi.
Turinliklar chililik futbolchiga yaxshilangan shartnoma taklif qilishadi.

"Men Turinda qolaman, – deydi Vidal Football Italia nashriga. – Yangi shartnoma transfer oynasi yopilgach imzolanadi. Bunga shubha yo'q".

Hozirgi shartnoma 2016 yilga qadar tuzilgan, Vidal shartnomasini 2018 yilgacha uzaytirishi mumkin. Agar shunday bo'lsa Vidal yiliga 4 million evrodan ko'p maosh olib klubning eng qimmat o'yinchilaridan biriga aylanadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru