Vidal: "Real"ga gol urish uchun borimni bergan bo'lar edim"

Aslanov Jasurbek
13 may 2015, 11:11
"Yuventus" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi javob uchrashuvi haqida o'z fikrini bildirdi.

"Agar "Yuventus" finalga chiqsa bu orzularimning ro'yobi bo'ladi. "Yuventus" kuchli va yarim final to'sig'idan o'ta oladi. "Real"ga qarshi "Santiago Bernabeu"da o'ynash juda qiyin, ammo biz bor kuchimizni ishga solamiz. "Real" ilk daqiqalara tajovuzkor o'yin namoyish etadi va biz xotirjamlikni saqlab qolishimiz shart. Gol urish uchun borimni bergan bo'lar edim" - deydi Vidal.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com