Vidal: "Bravo bilan do'st bo'lmaganman va bo'lmayman ham"

Mirjalol Normatov
12 sen 2020, 15:45
"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Manchester Siti"dagi terma jamoadoshi Klaudio Bravo bilan do'st emasligini aytdi.

"Mashg'ulotlarda muammolar keltirib chiqarmaslik maqsadida doimo u bilan boshqa joyda shug'ullanganmiz. Shu boisdan u bor e'tiborini termaga qaratardi. Bravo bilan hech qachon do'st bo'lmaganmiz va bo'lmaymiz ham. Lekin milliy terma barchasidan muhim", - dedi Vidal.

Chili termasi JCH-2018ga chiqa olmaganida Klaudio Bravoning rafiqasi terma futbolchilarini ayblagan va Vidalni termaga panja ortidan qarashini gapirgandi. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal