Vidal "Barselona" bazasini ruxsatsiz tark etdi

Chililik futbolchi o'zining "Real"ga qarshi uchrashuvda jamoaning boshlang'ich tarkibiga kirmasligidan norozi bo'lgan.

ESPN xabariga ko'ra, "Barselona"ning seshanba oqshomida o'tkazgan mashg'ulotlari yakunida murabbiy Ernesto Valverde "Real"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qilgan. Tarkibga kiritilmagan Vidalning jahli chiqqan va jamoadoshlarining tinchlantirishlariga qaramay, klubning mashg'ulot bazasini tark etgan. 

Chililik futbolchining klubdagi keyingi taqdiri "El Klasiko"dan so'ng hal qilinadi.


Manba: ESPN