Veynaldum: "PSJda qolishimni so'rashsa, bajaraman"

Оқил Абдубарноев
22 iyun 2023
PSJ yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum Parij klubida qolishni xohlaysizmi, degan savolga javob berdi.

32 yoshli niderland o'tgan mavsum "Roma"da ijara asosida o'ynagandi. Shartnoma muddati 2023 yilning 30 iyunida yakunlanadi.

"Agar PSJ rahbariyati klubda qolishimni so'rasa, buni amalga oshiraman", - dedi Veynaldum. "O'tgan yozda Parijdan kyetishimni istashdi, shuning uchun ketdim. Ishonchni yo'qotmadim, lekin quvonchimni yo'qotdim. Odamlar menga yana ishonch bag'ishlashi lozim".

2022/23 yilgi mavsum Veynaldum barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: pazzi di fanta