Veynaldum "Barselona"ga transferi borasidagi savolga javob berdi

Alisher
24 mar 2021
"Liverpul" xavbeki Jorjino Veynaldum "Barselona"ga o'tishga yaqinligi borasidagi savolga javob berdi.

"Doim men haqimda xabarlar chiqadi, ammo hali aniq yangiliklar yo'q. Bu faqatgina OAV ma'lumoti, boshqa hech narsa deya olmayman. Qachondir nimadir aniq bo'lsa, darhol o'zim aytaman", - deydi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Jorjino 2016 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qiladi. Uning shartnomasi joriy mavsumning so'nggida yakuniga etadi.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Marca