Vetto "Barselona"ga o'tmaganidan afsusda emas

Aslanov Jasurbek
9 avg 2016
Ijara asosida "Sevilya"ga o'tgan "Atletiko" hujumchisi Lusiano Vetto qabul qilgan qaroridan afsusda emas.

Argentinalikka "Barselona" davogarlik qilgan edi, ammo o'yinchi Andalusiya klubini tanladi.

"Mening yoshimda asosiysi - o'yin amaliyoti va o'sish. "Sevilya"da "Barselona"dan ko'ra ko'proq o'yin amaliyoti bo'ladi. Bundan tashqari, taxminlarimga ko'ra, "Sevilya"da "Atletiko"dagidan ko'proq maydonga tushaman" - deydi Vetto.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser