

Xabarlarga qaraganda, 23 yoshli argentinalik futbolchiga "Monako", "Vilyarreal", hamda nomi oshkor etilmayotgan rus klubi qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumni futbolchi ijara asosida "Sevilya"da o'tkazdi. 24 uchrashuvda maydonga tushgan Lusiano Vetto 9 bor raqib darvozasiga yo'l topa oldi va yana 3 marta sheriklariga golli uzatma etkazib berdi. Futbolchining ransfer narxi 12 mln evroga baholanmoqda.



