“Vest Xem” yarim himoyachisi simulyaciya bois ikki o'yinga chetlatildi

20 dek 2017, 01:07
“Vest Xem” yarim himoyachisi Manuel Lansini simulyaciya bois ikkita uchrashuvni o'tazib yuboradi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha,  APL 18-turi doirasida “Stok Siti”ga (3:0) qarshi bahsning 19-daqiqasida Lansini raqib futbolchisi  Erik Piters bilan to'qnashuvi natijasida jarima maydonchasi ichiga yiqiladi. Hakam Gremm Skott esa o'sha vaziyatda  raqib darvozasiga penalti belgilaydi va  Mark Noubl jarima zarbasini golga aylantiradi.

O'sha epizod videolavhasini uch kikshidan iborat mustaqil maxusus komissiya o'rganib chiqdi va Lansinini aybdor deb topdi.

“Vest Xem” rahbariyati 24 yoshli futbolchinining diskvalifikaciyasini appelyaciyaga berdi, ammo ularning arizasi qanoatlantirilmadi.

Shu tariqa llansini Angliya liga kuboginin chorak finalida “Arsenal”ga qarshi va APL 19-turida “Nyukasl”ga qarshi maydonga tusha olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph