"Vest Xem" Raysni "Chelsi"ga qo'yib yubormoqchi emas

Alisher
4 dek 2020
"Vest Xem" tayanch yarim himoyachisi Deklan Rays mavsum so'nggida klubdan kyetmaydi.

Klub 21 yoshli angliyalik yarim himoyachi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti, sababi klub koronavirus pandemiyasi sabab unga o'rinbosar topa olmasligi mumkin.

Eslatib o'tamiz, o'yinchi uchun "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari ham davogarlik qilmoqda.

Rays joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal