"Vest Xem" PSJ bilan forvard Skamakka uchun kurashadi

Alisher
13 iyul 2022, 12:58
"Vest Xem" "Sassuolo" bilan hujumchi Janluka Skamakkaning transferi borasida muzokaralarga kirishdi.

Tomonlar ehtimoliy narx va bitimni muhokama qilishmoqda. Italyan klubi 23 yoshli italiyalikni 50 mln evroga baholamoqda.

Skamakka o'tgan mavsum "Sassuolo" tarkibida barcha musobaqalarda 38ta o'yinda 16ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: skysports.com