"Vest Xem" muxlislari o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb darvoza ustunini tanlashdi! FOTO

Narzulla Saydullayev
18 dek 2016, 12:40
Kecha APL 17-turida "Vest Xem" o'z maydonida "Xall Siti" bilan o'ynadi.

"Vest Xem" Mark Noblning penaltidan urgan goli evaziga 1:0 hisobida zafar quchdi.

O'yindan keyin "Vest Xem" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasida bahsning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so'rovnoma tashkil etildi.

Unda quyidagi to'rt variant bor edi:
Endi Kerroll
Sheyku Kuyate
Darvoza ustuni
Uinston Rid


5000ga yaqin odam ovoz bergan so'rovnomada 57 foiz bilan "darvoza ustuni" g'olib chiqdi.

Gap shundaki "Xall Siti" futbolchilari bahs davomida raqib posboni qo'riqlayotgan darvoza  ustunlarini uch marta nishonga olishdi. "Vest Xem" darvozaboni Rendolf uchrashuvda ustunlardan bittaga ko'p seyvni amalga oshirdi.

VIDEO. "Vest Xem" - "Xall Siti" 1:0



Saytimizning Facebook dagi sahifasi - facebook.com/championat.asia

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia