"Vest Xem" Lingard bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi

Aslanov Jasurbek
30 avg 2021, 01:50
Londonning "Vest Xem" klubi "Manchester Yunayted"ning angliyalik yarim himoyachisi Jessi Lingard borasida muzokaralarni to'xtatdi.

"Bolg'achilar" SSKAning xorvatiyalik hujumchisi Nikola Vlashich transferi bilan bog'liq barcha masalalarni hal qilish uchun shunday yo'l tutgan. Avvalroq futbolchi bilan shartnoma borasida hali kelishuvga erishilmaganligi haqida xabar berilgandi.

Jessi Lingard o'tgan masumni ijara asosida "Vest Xem"da o'tkazdi. Futbolchi klub safida 16 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, jamoaning Yevropa Ligasiga yo'l olishiga katta hissa qo'shdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian