

Tomonlar London shahrida muzokara o'tkazishdi. Lekin bu safar ham fikrlar bir joydan chiqmadi. Bu haqda Britaniyaning Sky Sports nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, “Marsel” Paye uchun 20 mln funt sterling (taxminan 23 mln evro) taklif qilgan. Lekin yana rad javobini olgan. Francuz klubining bundan avvalgi taklifi 19,1 mln funt bo'lgandi.
Avvalroq, ingliz klubining Fransiya terma jamoasi futbolchisini 30 mln funt sterling (34 mln evro) evaziga sotishga tayyor ekanligi haqidagi xabarlar paydo bo'lgandi.



